Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zining sentyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda mamlakatimizning 8 nafar bokschisi o‘rin oldi.

WBA  reytingida minimal vaznda faoliyati ko‘rsatayotgan Hasanboy Do‘smatov, birinchi yarim yengil vaznda Murodjon Ahmadaliyev va yarim o‘rta vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Shahram G‘iyosov birinchi pog‘onani egalladi. Ushbu uch nafar bokschimiz o‘tgan oyda ham mazkur reytingda karvonboshilik qilgan edi.

Shuningdek, Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasida uchinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, Otabek Xolmatov yarim yengil vazn toifasida bir pog‘ona ko‘tarilgan holda to‘rtinchi o‘ringa joylashdi. Bektemir Meliqo‘ziyev esa super o‘rta vaznda 5-o‘rin sohibi sifatida qayd etildi. Birinchi yarim yengil vazn toifasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan Muhammad Shexov o‘tgan oydagi kabi 10-o‘rinda qoldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA