Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti davom etmoqda.

Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liqligi ta’kidlandi.

Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas.

Mutasaddilarga bu o‘qituvchilar tarkibini faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldirish, ularning kasbiy mahorati va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasi ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Yoshlarimiz o‘rtasida bu sport turi yanada rivojlantiriladi.

Shundagina sport bo‘yicha yaxlit tizim paydo bo‘lib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarining sifati oshadi, mahallarda ommaviy sport rivojlanadi.

O‘zA