Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti davom etmoqda.

– Shu borada, bir fikrni barchamiz chuqur tushunib olishimiz kerak. Vatanparvarlik tarbiyasi – bu faqat harbiy yoki ta’lim sohasi xodimlarining ishi emas. Bu – butun jamiyatning ishi. 

Bu ishga butun jamoatchilikni faol jalb etmas ekanmiz, kutilgan natijaga erishish qiyin bo‘ladi.

Albatta, yoshlarimiz yaxshi shifokor, iste’dodli olim, mohir IT bilimdoni, zo‘r tadbirkor bo‘lishi mumkin.

Lekin, ular chinakam vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetmasa, o‘zingiz ayting, xalqimiz, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun ertaga kim mas’ul bo‘ladi?

Shu bois, mahalla, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari bu masalada o‘z faoliyat dasturiga ega bo‘lishi zarur.

Yoshlarimiz ongiga barchamiz birgalikda “Men haqiqiy vatanparvar bo‘laman” degan g‘oyani chuqur singdirishimiz kerak, – dedi Prezident.

O‘zA