Bugun, 27 sentyabr erta tongda Ispaniyaning Leon shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
64 ta mamlakatning 400 nafarga yaqin yosh og‘ir atletikachilari ishtirok etgan nufuzli musobaqada 7 nafar sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoamiz yakunda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani e’tiborli bo‘ldi.
Bu, Akbar Jo‘rayev, Ruslan Nuriddinov singari dunyo tan olgan chempionlarning munosib izdoshlari yetishib kelayotganidan dalolat, deyish mumkin.
T.Ro‘ziyev, O‘zA