Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi “AK Altinalmas” oltin qazib oluvchi kompaniyasiga qarashli kon-qayta ishlash majmualaridan birida toshlar qulab tushdi.
Bu haqida kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Voqea joyiga zudlik bilan favqulodda qutqaruv guruhi yetib keldi va qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlandi”, deyiladi xabarda.
Tog‘ jinslarining harakati va murakkab geografik sharoitlar tufayli qulash zonasiga kirish sezilarli darajada qiyin. Kompaniya avariya yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi va vayronalar ostida qolgan xodimni topish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.