16 sentyabr kuni AQSHning Texas shtatidagi La Port shahrida gaz quvuri portlashi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Hozirgacha mazkur yong‘inni o‘chirishning iloji bo‘lmayapti. Maxsus ishchilar hududni izolyatsiya qilish ustida ishlamoqda.

Yong‘in yo‘ltanlamas avtomobil gaz taqsimlash punktiga kelb urilganidan keyin sodir bo‘lgan. Haydovchi vafot etgan, biroq mashinagacha hali yetib borishning iloji bo‘lmadi. Hodisa tufayli yaqin atrofdagi 1000 dan ortiq uy aholisi evakuatsiya qilindi. Quvur ustidan elektr tarmog‘i o‘tgani sababli yuzlab iste’molchilar elektrsiz qolgan.

NQIZlar ko‘p bo‘lgan va minglab mil quvurlar tortilgan Xyustonda yong‘in va portlashlar odatiy hol bo‘lib, ularning aksariyati o‘lim bilan tugaydi.