O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga:
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini hamda uning mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalarini qayta belgilash;
Jamg‘arma tomonidan to‘lanadigan subsidiyalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Subsidiyalar” portali orqali berish;
ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlashning foiz va muddatlarini qayta belgilash;
“Agroplatforma” AT orqali imtiyozli kreditlash uchun ariza berishni soddalashtirish;
mahsulot yetkazib berish bo‘yicha birja savdolari orqali tuzilgan fyuchers shartnomalarini bekor qilish hamda mahsulotni qayta savdoga chiqarish tartibini amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zA