Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuzilishi belgilandi. Ijtiimoiy himoya agentligi direktori unga o‘rinbosar bo‘ladi.
Viloyat va tuman komissiyalariga hokimlar boshchilik qiladi.
Komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi ishlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda ko‘tarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalar ijrosi yuzasidan har oyda Prezidentga axborot kiritadi.
Shuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari ham ilmiy yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanishi belgilandi.
Yig‘ilish davomida mutasaddilarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari va rejalari tinglandi.
O‘zA