Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Hozirda xususiy inson resurslari kompaniyalari ish beruvchilarga bilim va ko‘nikmasi, salohiyati bor kadrlarni topib bermoqda.

Endilikda bu tajribani kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Savdo-sanoat palatasi huzurida ishlash istagi bor kambag‘al aholi orasidan tadbirkorlarga ishchi topib, ularni tayyorlab beradigan markaz tashkil qilinadi.

Ushbu markaz orqali qaysi yo‘nalishda qancha ishchi kerakligi o‘rganiladi, kambag‘al aholi nimaga qiziqishi va ko‘nikmasi borligi aniqlanadi, tadbirkorlar talabiga mos kambag‘al oila a’zolari ishga yo‘naltiriladi, malakasi yetmaganlar esa tadbirkorlar bilan birga kasbga o‘qitilib, keyin ishli qilinadi.

Umuman, aytilgan barcha imkoniyatlar hisobiga yil yakunigacha 500 ming, bir yilda 1,2 million aholini kambag‘allikdan chiqarish mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga vazifa qilib qo‘yildi.

O‘zA