Jazoirning amaldagi yetakchisi Abdulmadjid Tebbun prezidentlik saylovida 94,65 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Mustaqil Milliy saylov boshqarmasi rahbari Muhammad Sherefiy matbuot anjumanida g‘olib yaqqol ustunlik bilan qayta saylanganini ma’lum qildi.
“Tinchlik jamiyati uchun harakat” islomiy partiyasi nomzodi Abdul Ali Hasaniy Sharif 3,17, Sotsialistik kuchlar harakati bosh kotibi Yusuf Uushish 2,16 foiz ovoz olib keyingi o‘rinlarni egallagan.
Yana bir muddat boshqaruvni o‘zida saqlash uchun mustaqil ravishda nomzodini ilgari surgan Tebbunni armiya, ommaviy axborot vositalari, diniy jamoalar, ish beruvchilar va ayrim siyosiy partiyalar qo‘llab-quvvatlagan.