O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari prezidentlarining qat’iy siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli o‘zaro hamkorlik kengayib borayotgani o‘zbek va qirg‘iz xalqlari farovonligi uchun xizmat qilayotir.

Bu Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev bilan uchrashuvida qayd etildi.

Ikki davlat o‘rtasida kelgusida ham savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida ham doimiy muloqot maydonlarini tashkil etish xususida fikr almashildi.

Bundan tashqari, hududlararo hamkorlik dasturlarining ijobiy natijalari e’tirof etilib, mazkur aloqalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA