Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari elektrotexnika eksporti 1 milliard dollarga yetgani, to‘qimachilikdan keyingi ikkinchi mahalliy sanoat tarmog‘iga aylanganini ta’kidladi.
Lekin, shu bilan birga smart karta, generator, telekommunikatsiya vositasi, ofis texnikasi kabi yana bir qator elektrotexnika mahsulotlarini o‘zimizda chiqarish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mintaqamizdagi 5 milliard dollarlik bozor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti.
Prezident hamma davlatlar ichki bozorining himoyasiga qattiq kirishgan sharoitda yagona yo‘limiz – sifatni ta’minlash va tannarxni tushirish orqali mahsulotimiz raqobatdoshligini oshirish ekanini ta’kidladi.
Bunga tarmoqdagi qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish orqali erishish mumkin.
O‘zA