Shu kunlarda Toshkent yana bir bor nufuzli tadbir – SHHT ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) O‘ninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDH ning  terrorizm va ekstremizga qarshi bo‘yicha ikkinchi konferensiya ishtirokchilarini qabul qilmoqda.

Konferensiyaning ochilish marosimida Uzbekistan Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga  murojaati o‘qib eshittirildi.

Davlatimiz rahbari qayd etganidek, mazkur  muhim xalqaro forumning SHHT, MDH kabi nufuzli mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikda tashkil etilishi  keng  mintaqamizda tinchlik, xafvsizlik va barqarorlikni ta’minlash ishida amaliy hamkorlikni  rivojlantirishga bo‘lgan umumiy intilishni  yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sharq-Aksilterror – 2024”  qo‘shma  aksilterror mashqlari amaliy hamkorikni kengaytirishga va xafsizlik taqdidlariga qarshi kurashda  maxsus bo‘linmalar  salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari,  murojaatnomada qayd etilishicha, geosiyosiy  keskinlik va mojarolarning  kuchayishi,  xavfsizlik bo‘yicha global  institutlar rolining pasayishi   terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarshi  kurashda  ochiq va samarali xalqaro  hamkorlikni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimiz rahbari me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish hamda SHHT MATT va MDH ning Aksilterror  markazi faoliyati doirasida  bunday tahdidlarning oldini olish va ularga  tezkor javob qaytarishda  xalqaro hamkorlik   samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma amaliy tadbirlarni amalga oshirishni  muhim vazifalar sifatida belgilab berdi.

O‘zA