Turkiyada partiyalar soni rasman 151 taga yetdi. “AzerTAJ” xabariga ko‘ra, mamlakat Oliy sudiga ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilgan siyosiy kuchlar orasida oxirgi, 21 avgust kuni tasdiqlangan guruh Respublika ta’lim partiyasidir.

Bundan tashqari, mamlakatda faqat shu oy boshidan buyon to‘rt siyosiy tashkilot tuzildi. Parlamentda esa atigi 14 partiyadan vakillar bor.