Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Shu kunlarda barchamizning e’tiborimiz Paralimpiya o‘yinlariga qaratilgani ta’kidlandi.
Prezident ushbu nufuzli xalqaro musobaqalarda qizg‘in kurash olib borayotgan mard va matonatli sportchilarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin dildan qutlab, barcha bellashuvlarda ularga ulkan kuch-g‘ayrat, yutuq va omadlar tiladi.
O‘zA