Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Boks bo‘yicha milliy terma jamoamiz oltin medallar soni bo‘yicha mamlakatimiz tarixida Olimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasida yettita oltin medalning beshtasini yoki 71 foizini bizning bokschilarimiz qo‘lga kiritdilar.

Fursatdan foydalanib, Prezidentimiz O‘zbekiston iftixorlari – mohir bokschilarimiz Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Xaloqovni ana shunday shonli yutuqlari bilan yana bir bor qizg‘in tabrikladi.

O‘zA