Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, 2021 yil Belgradda o‘tkazilgan jahon chempionati bronza medali sohibi, 2022 yilgi Osiyo chempionati sovrindori bo‘lgan iste’dodli charm qo‘lqop ustasi Madiyor Saidrahimov Kubada tashkil etiladigan “Chempionlar oqshomi”da ringga ko‘tariladi.

Hamyurtimiz Xalqaro boks assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan mazkur boks oqshomida ikki karra yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, besh marta jahon chempionligiga erishgan kubalik Xulio Sesar bilan kuch sinashadi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, “Chempionlar oqshomi” 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA