Poytaxtimizdagi «Humo Arena» majmuasida xokkey bo‘yicha Yevroosiyo do‘stlik kubogining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi Yevroosiyo do‘stlik kubogida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus va Qozog‘iston mamlakatlari klublari ishtirok etadi. Aniqrog‘i, musobaqada “AKM” (Rossiya), “Brest” (Belarus), “Arlan” (Qozog‘iston) va “Humo” (O‘zbekiston) xokkey jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Ma’lumot o‘rnida: “Humo” ilk bahsini bugun 15 avgust kuni “Brest”ga qarshi o‘tkazadi. 17 avgust kuni esa “AKM” bilan, 18 avgust kuni “Arlan” klubiga qarshi muzga tushadi.

Javohir Toshxo‘jayev, Surat Almurod Mamadaminov, O‘zA