O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “To‘siqsiz turizm orqali imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga mehmonxona xonalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining byudjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi.
Nizom 2027 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Qarorga ko‘ra, Ўзбекистон Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi 2027 yil 1 yanvarga qadar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafar I va II gypyh nogironligi bo‘lgan fuqaroga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming so‘mdan oshmagan qismi;
eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibi ishlab chiqiladi.
O‘zA