Raqamli texnologiyalar vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki raisi Hayashi Nobumitsu boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, mehmonlar O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy kompaniyalar uchun IT-Park imkoniyatlari hamda soliq imtiyozlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, Yagona integrator – Uzinfocom faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Shu bilan birga, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki rahbarlari bilan Yaponiya hukumati va investorlarining mablag‘larini jalb qilgan holda, axborot texnologiyalari sohasiga va boshqa sohalar bo‘yicha yirik loyihalarda ishtirok etish orqali O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida hamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratildi.
N.Rahmonova,
O‘zA