Yaponiyaning Miyazaki muzofoti qirg‘og‘iga balandligi bir metrgacha ko‘tarilgan sunami yetib keldi, deb xabar berdi NHK telekanali.

Yangiliklar boshlovchisi aniqlik kiritishicha, qirg‘oqda 50 santimetrga yaqin to‘lqin qayd etilgan. Shikoku orolidagi Exime prefekturasi hududida ham suv to‘lqini balandligi bir metrgacha chiqishi kutilmoqda.

Mamlakatning tegishli hududlarida kuchli zilzila va sunami xavfi e’lon qilingach, Kyusyu orolida tez yurar poyezdlar harakati zudlik bilan to‘xtatildi.