O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 avgustdagi farmoyishi bilan sudyalar korpusida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Farmoyishga ko‘ra:

Oybek A’zamjonovich Barakabayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Andijon viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan) tayinlandi.

Murodjon Qodirovich Mirzajonov – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga (bungacha Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining raisi lavozimida ishlagan) tayinlandi.

Kamol Tashtemirovich Namozov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga (bungacha Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining raisi lavozimida ishlagan) tayinlandi.

Xurshid Farhodovich Tursunov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi (bungacha Navoiy viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan) lavozimiga tayinlandi.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 6 avgustdagi farmoyishiga muvofiq, Muydinjon Muxtorovich Salimov yozma arizasiga asosan Andijon viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimidan; Ergash Ermuratovich Umirov yozma arizasiga asosan Qashqadaryo viloyati sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan; Shuhratjon Butayerovich Mamadiyarov yozma arizasiga asosan Samarqand viloyati sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

N.Abduraimova tayyorladi, O‘zA