Fransiyada o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha bahslar davom etmoqda. Yunon-rum kurashi bahslarida hamyurtimiz Aram Vardanyan 77 kilogrammgacha vazn toifasidagi bellashuvlarda o‘z ishtirokini nimchorak final bosqichidan boshladi.

Polvonimiz chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan bellashuvda misrlik Mahmud Abdelrahman bilan kurashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu bahsda Aram Vardanyan 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi, musobaqaning 1/4 final bellashuvida A.Vardanyan yaponiyalik Nao Kusaka bilan kuch sinashadi. Mazkur bahs birozdan so‘ng boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA