Joriy yilning 17 iyul kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2023 yil 2 oktyabrda Doxa shahrida imzolangan.
Turizm qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlanadi.
O‘zA