O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 25 iyun kuni Xorazm viloyatiga keldi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosim bo‘ldi.
Oliy martabali mehmon ko‘hna Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishadi.
Ahmadjon Shokirov,
Rustam Nazarmatov(surat),
O‘zA muxbiri