O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 25 iyun kuni Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Mo‘g‘uliston rahbari va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, oliy martabali mehmon Xiva shahridagi tarixiy obidalar, xalqimizning boy madaniy merosi bilan tanishadi.

 

I.AVVALBOEV,  

N.HAYDAROV(surat),

O‘zA