Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Mo‘g‘ulistonning Toshkent shahridagi ilk elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mo‘g‘uliston Prezidenti, O‘zbekiston Bosh vaziri va boshqa rasmiylar Mo‘g‘uliston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar.
Mazkur elchixona mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, Mo‘g‘uliston Prezidenti, O‘zbekiston Bosh vaziri va boshqa rasmiylar Mo‘g‘uliston diplomatik vakolatxonasi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Abdulaziz RUSTAMOV, Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA