Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida davom etayotgan “BRIKS” o‘yinlarining ortda qolgan beshinchi kungi bahslarida erkin kurashchilarimizning 5 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida davom etayotgan “BRIKS” o‘yinlarining ortda qolgan beshinchi kungi bahslarida erkin kurashchilarimizning 5 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash kerakki, har jihatdan murakkab kechgan bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, erkin kurashchilarimizdan 57 kilogramm vazn toifasida Nodirbek Jumanazarov rossiyalik Ramiz Gamzatov bilan, 61 kilogrammda Sardar Ruzimov Bashir Magomedov (Rossiya) bilan, 70 kilogrammda Begidjon Qo‘ldashev Kurban Shirayev (Rossiya) bilan, 86 kilogramm og‘irlikda Babur Islamov Malik Shavayev (Rossiya) bilan, 97 kilogrammda Rustam Shodiyev Gadjimurad Magomedsaidov (Ozarbayjon) bilan oltin medallar uchun kurash olib borish huquqiga ega chiqqanligi o‘ziga xos natija bo‘ldi, deyish mumkin.
5 nafar kurashchimizning oltin medallar uchun aynan rossiyaliklarga qarshi bahs olib borishini nazarda tutsak, g‘oliblik yo‘li oson bo‘lmasligidan darak berayotgandek, nazarimizda.
Bugun, 18 iyun kuni mazkur finallar qatorida yana bir erkin kurashchimiz Asomiddin Hasanov 79 kilogramm og‘irlikda bronza medali uchun bellashadi.
Kecha o‘tkazilgan “BRIKS” o‘yinlarining basketbol musobaqalarida mamlakatimiz vakillari guruh o‘yinida Braziliya terma jamoasi bilan kuch sinashdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Bugun o‘tadigan yarim final musobaqasida basketbolchilarimiz Rossiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
“BRIKS” o‘yinlarining oltinchi kungi musobaqalarida shuningdek, tennis, shaxmat, suvga sakrash sport turlarida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA