Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi a’zosi Kilian Mbappe Madridning “Real” klubiga o‘tishi tasdiqlandi.

Bugungacha ishqibozlar uni yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakati jamoasi safida maydonga tushishiga ishonishayotgandi. Afsuski, Mbappe ham Messining “yo‘lini tanladi” va o‘z vatanida o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiadada ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.

Aniqrog‘i, Kilian Mbappe “Real” klubi mutasaddilari qaroriga ko‘ra, “Parij-2024da maydonga tushmaydi.

– Hozirgi klubimning Olimpiya o‘yinlarida qatnashish yoki qatnashmasligim bo‘yicha munosabati ma’lum: Olimpiada futbol musobaqasida qatnashmayman,  – deydi Kilian Mbappe. – Na chora, bu – haqiqat. Yangi jamoaga o‘tganimni yaxshi anglayman. Fransiyalik futbolchilarni muxlis sifatida qo‘llab-quvvatlayman. Ishonamanki, ular oltin medallarni qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyul-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA