FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Yoshlar markazida tashkil etilgan “Kompyuter savodxonligi va dasturchisi”, “Shaxmat klubi”, “Ingliz tili” to‘garaklarida yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda. Kitob mutolaasiga qiziquvchilar uchun badiiy va ilmiy adabiyotlarga boy kutubxona faoliyat yuritmoqda.

Ushbu to‘garaklarda mahorat oshirayotgan o‘g‘il-qizlar turli tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Ayni yozgi ta’til kunlari markaz yoshlar bilan yanada gavjumlashgan.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA