Yig‘ilishda hamma joyda ham odamlar uylarni boshqarish sifatidan rozi emasligi qayd etildi.

Ko‘plab boshqaruv kompaniyalari faqat ko‘chalarni supurish va tozalash, joriy ta’mirlash bilan cheklanayapti. Lekin uylar atrofini obodonlashtirish, tom, ichki va sug‘orish tarmoqlarini soz holda saqlab turish kabi asosiy vazifalar e’tibordan chetda qolib ketmoqda.

Yaqinda boshqaruv kompaniyalari xizmati uchun tarifning eng kam miqdori belgilandi. Endi boshqaruv va ekspluatatsiya sifati ham shunga yarasha bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Bundan buyon ikki yildan oshmagan uylarda, ya’ni kafolat muddatida muammo chiqsa, pudratchi bilan birga ularni bartaraf qilishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.

O‘zA