Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bog‘chaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan.
Yangi ijtimoiy ob’ektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorlik bo‘yicha qat’iy talab kiritish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, issiq oylarda ma’muriy va tijorat ob’ektlarini sovutishga qish bilan bir xil energiya sarflanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqish topshirildi.
Mutasaddilarga mingta ijtimoiy ob’ektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog‘cha, 393 ta maktab va internat ta’mirlanadi.
O‘zA