Shu haqdagi qaror Bokuda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi XIII yig‘ilishida qabul qilindi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi No‘’mon Qurtulmush raislikni Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarovaga topshirdi.

Bugun Boku shahrida assambleyaning 13-yalpi majlisi doirasida parlamentlar bosh kotiblarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tuzilma doirasida parlament apparatlari rahbarlari hamkorligi istiqboli muhokama qilindi.

O‘zA