Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilmoqda.

Shahrisabzda turizm klasterini tashkil etish doirasida 2025 yilda G‘elondan o‘tuvchi Oqsu daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta GESni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Shahrisabz turizm texnikumida Shveysariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi.

Umuman, mutasaddilar va viloyat hokimlariga turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanni tanlab olib, Rossiya, Turkiya, Xitoydan maslahatchilarni jalb qilgan holda ushbu tumanlar master rejasini ishlab chiqish va har biriga kamida 50 million dollarlik investitsiya jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

O‘zA