Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari Buxoroda ham so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar bo‘lganini qayd etdi.

Jumladan, viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sib, 53 trillion so‘mdan oshdi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 115 trillion so‘m investitsiya jalb qilindi, 4,6 mingta korxona ishga tushib, 90 mingta ish o‘rni yaratildi.

Eksport 215 million dollarga yetdi, Qorako‘l, Jondor, Shofirkon va Kogon tumanlarining har birida sanoat hajmi yiliga 1 trillion so‘mdan oshdi.

O‘zA