Jahon iqtisodiyoti uchun muhim infratuzilma hisoblanadigan suv osti internet tizimiga ziyon yetishi, jumladan, geosiyosiy mojaro natijasida beqiyos moliyaviy yo‘qotishga sabab bo‘lishi mumkin ekan.

Bu fikr yaqinda “Roskongress” ekspertlari e’lon qilgan “Suv osti internet simi: suv osti tarmog‘ining zaif tomoni” hisobotida keltirilgan.

“RIA Novosti” yozishicha, “Hozir qit’alararo internet trafigining 99 foiziga to‘g‘ri keladigan suv osti simlari orqali har kuni 10 trillion dollardan ortiq moliyaviy amaliyot amalga oshiriladi”, deyilgan hujjatda. Global moliyaviy infratuzilma tarmoq tezligiga chambarchas bog‘liq. Demak, har qanday tasodifiy shikastlanish yoki maqsadli hujum ulkan yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, hozir Shimoliy va Qizil dengiz mintaqalarida suv osti simi xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid ayniqsa kuchli.

Hisobotda 2024 yil fevral oyi oxirida Fors ko‘rfazida sim shikastlanishi Yevropa va Osiyo o‘rtasida internet aloqasi jiddiy uzilishiga sabab bo‘lgani misol tariqasida keltirilgan. Binobarin, “…zarar o‘ta jiddiy emasligi, chunki trafikni boshqa yo‘nalish orqali uzatish imkoni bo‘lgani, biroq baribir qisamn ta’sir kuzatilgan”i ta’kidlangan.

Hujjat mualliflari Tayvan atrofidagi vaziyatga ham e’tibor qaratib, hududda internet simiga shikast yetkazishning yangicha holati xavfi ko‘zga tashlanayotganini qayd etgan:

– Mintaqada suv osti simiga zarar yetkazish bilan bog‘liq turli hodisalar yuz berishi mumkin.