Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanishining oldi olindi.
Nukus shahri G‘arezsizlik ko‘chasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatildi. Mazkur avtotransport xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida hech qanday hujjatlarsiz, chet davlatda ishlab chiqarilgan va aksiz markalarisiz, qiymati 18 million 215 ming so‘mlik, to‘rt turdagi (“Esse change”,“Milano tech lock”, “Milano london”) 549 quti tamaki mahsuloti ortilgani aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatilib qolindi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri