O‘zbekistonlik jurnalistlar “The New Indian Express”da
O‘zA avval xabar berganidek, mamlakatimiz jurnalistlarining Hindistonga safari davom etyapti.
O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu davlatdagi nufuzli nashrlardan biri – “The New Indian Express” gazetasi tahririyatida bo‘lib, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoit, gazetani nashrga tayyorlash va sahifalash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, oldimizda Yangi O‘zbekistonning yangi jurnalistikasini yaratish vazifasi turgan ekan, bu borada milliy an’analarimizdan chekinmagan holda, rivojlangan davlatlar tajribasini har tomonlama o‘rganish, OAV bo‘yicha dunyodagi yetakchi ta’lim muassasalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar, media kompaniyalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishni hayotning o‘zi talab etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 1931-yil asos solingan “The New Indian Express” kundalik gazetasi 600 ming nusxada chop etiladi. Dehli va mamlakatning boshqa hududlarida alohida-alohida, ya’ni moslashtirilgan tarzda nashr etiladi.
O‘zA