Portugaliyada o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi «European Cup-2024» turniri yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Ushbu musobaqada Arturbek Ibodullayev, Dilshod Karimov, Muhammadjon Masharipov, Inoyat Telmanov, Inomjon Bahodirov, Muhammadali Sa’dullayev o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalga qadar o‘tgan bahslarda esa Dinora Hasanova, Zuhra Alimova muvaffaqiyatga erishgan holda kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Musulmonqul Ahrorov hamda Intizor Uzoqboyeva bronza medali bilan taqdirlandi.
Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 6 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medali bilan umumjamoa hisobida 23 davlat o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Braziliya va Fransiya terma jamoalari joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA