Yaponiyaning Kobe shahrida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi kuni ham hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev F37 klassida disk uloqtirish dasturida 54.11 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev bundan avval ushbu Jahon chempionatida yadro uloqtirish dasturida 15.68 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Ayni damda quyidagi para atletlarimiz medallar uchun raqobatlashmoqda:

— Tolibboy Yo‘ldoshev – F37 disk uloqtirish (final);

— Izzat Turg‘unov – T36 uzunlikka sakrash (final)

— Muhammad Rixsimov – F63 yadro uloqtirish (final);

— Boburjon Isomiddinov – F41 nayza uloqtirish (final).

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA