Ilya Sibirsev AQSHda chempion bo‘ldi

310

AQSHning Indianapolis shahrida suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan “INDY MAY CUP 2024” musobaqasida sportchimiz Ilya Sibirsev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning uchinchi kunida I.Sibirsev 400 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida 3:48.57 natija qayd etib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, Ilya Sibirsev ushbu natijasi orqali mamlakatimiz rekordini ham yangiladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA