BMT Vladimir Zelenskiyning prezidentlik muddati 20 may kuni rasman nihoyasiga yetganiga qaramay, uni Ukrainaning qonuniy prezidenti deb hisoblashda davom etadi, deb bayonot berdi tashkilot bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik matbuot anjumanida.
— Prezident Zelenskiy biz uchun Ukraina davlatining rahbari va Bosh kotib istaganda bog‘lanadigan Ukraina yetakchisi bo‘lib qoladi, -dedi u.
Ukrainada prezidentlik saylovi shu yilning 31 mart kuni, yangi saylangan davlat rahbarining inauguratsiyasi esa may oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq mamlakatdagi harbiy holat va umumiy safarbarlik sharoiti tufayli saylov o‘tkazilmadi. Zelenskiyning bayonot berishicha, hozir saylov o‘tkazadigan payt emas.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Zelenskiyning vakolati tugashi munosabati bilan uning legitimlik masalasiga to‘xtalar ekan, “bu masalaga Ukrainaning siyosiy va huquqiy tizimi javob berishi kerak» degan.