Dushanba kuni ertalab oltin narxi 1,5 foizga qimmatlashdi va tarixiy rekordni yangilab, bir troya unsiyasi 2454 dollarga chiqdi, deyiladi savdo natijalari haqida tarqatilgan xabarda.
Nyu-Yorkdagi “Comex” birjasida oltinning iyun oyi uchun fyuchers narxi 35,2 dollarga qimmatlashgan yoki bir troya unsiyasi narxi 1,46 foizga ko‘tarilib, 2452,6 dollarga chiqdi. Kumushning iyul oyi fyuchers narxi esa bir unsiyasi uchun 3,5 foizga chiqib, 32,352 dollarni tashkil etgan.