Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning Buxoroga tashrifining navbatdagi manzili Labi hovuz majmuasi bo‘ldi.
Mehmon bu yerda folklor- etnografik ansamblarining chiqishlarini maroq bilan tomosha qildi.
Shu yerning o‘zida martabali mehmonga o‘zbekona to‘n kiydirilib, estalik sovg‘alari topshirildi. O‘z navbatida Bosh vazir Anvar Ibrohim bugungi mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida O‘zbekiston, xususan, Samarqand va Buxoro shaharlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlagan holda turizmni yanada rivojlantirish niyati borligini bildirdi.
A.Bo‘riyev, N. Haydarov va T.Istatov (surat), O‘zA muxbirlari