Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Prezidentimiz tashabbusi bilan yangidan qurilgan Mir Arab Oliy madrasasida bo‘lib, ilm-u toliblar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Prezidentimiz 2017-yilda Buxoroga tashrifi jarayonida madrasaning tarixiy mavqeini tiklash maqsadida ko‘rsatmalar bergan edi. Shundan keyin Ark yaqinida yangi bino barpo etildi. Oliy madrasa 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Qur’oni karim, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlari, xorijiy tillar puxta o‘rgatiladi. Bu yerda o‘quv xonalari, kutubxona, faollar zali, talabalar yotoqxonasi va xizmat uyi, sport zali va boshqa qulayliklar mavjud.

A.Bo‘riyev, N. Haydarov va T.Istatov (surat), O‘zA muxbirlari