Oliy martabali mehmonga Bahouddin Naqshbandning hayoti, islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘zlab berildi.
Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan ziyoratgohga aylandi.
Bosh vazir O‘zbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, xalqimiz tarixi va ma’naviyatiga hurmati balandligini ta’kidladi.
Majmuada qur’on oyatlari o‘qilib, duolar qilindi.
A.Bo‘riyev, N. Haydarov va T.Istatov (surat), O‘zA muxbirlari