Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus va Qonliko‘l tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Jumladan, “N.L.” MCHJ dorixonasi rahbari G.N. va “R.P.H.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi M.T. fuqarolar B.Ye. va M.T.ga 2 turdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini jami 2,8 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri