Yig‘ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod tajribasi”ni jadallashtirish muhokama qilindi.

Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel oyining o‘zida 365 ming aholi bandligi ta’minlangani va tadbirkorlikka jalb qilingani qayd etildi.

Banklar o‘z mijozlarining muammolarini hal qilib, 115 ming aholiga ishli bo‘lishga ko‘maklashdi.

Mahallalarda 70 mingta mikro-loyiha amalga oshirildi, 465 ming gektar tomorqa yerlariga ekin ekildi.

 

O‘zA