Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ayrim vazir va hokimlar bu soha tadbirkorlarini eshitmayotgani, tayyor imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan yili charmsanoatda ishlab chiqarish hajmi o‘sib, qariyb 3 trillion so‘mga yetdi. Lekin, shuni yarmi Andijon va Farg‘onaga to‘g‘ri keladi.
Respublikadagi jami terining 40 foizini beradigan Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning charmsanoatdagi ulushi ularning imkoniyatiga mos emas.
Mahsulotiga bozor topish, aylanma mablag‘ masalalari sababli ayrim korxonalar o‘tgan yilni zarar bilan yakunlagan. O‘tgan yili charmsanoat eksportida tayyor mahsulot ulushi atigi 30 foiz bo‘lgan.
O‘zA