Birlashgan Arab Amirliklarining Zayd shahridagi «Mubadala Arena» sport majmuasida jiu-jitsu bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari munosib ishtirok etmoqda.
Murosasiz bellashuvlarning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oydin Ashirbekova 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
16, 18 va 21 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi chempionat bugun yakunlanadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA